Texnologiya | 16:27 / 03.06.2016
4009
1 daqiqa o‘qiladi

Aston Martin o‘zining yangi modeli nomini patentladi


Aston Martin kompaniyasi Yevropada DBZ nomini patentladi. Bu nom ostida qanday mashina ishlab chiqarilishi noma'lum.

Modeldagi Z harfi britan markasi bilan hamkorlik qiluvchi Zagato atelesini anglatadi. Italiyaliklar o‘zlarining maxsus versiyalarini Aston Martin’ning modellaridan biri, jumladan, DB11 uchun tayyorlamoqda.

Bu loyihaga italyan markasining ishtirok etayotganini modelning ikki xil – ingliz hamda italyan tillarida chiqarilayotganidan ham bilsa bo‘ladi. Qonunga ko‘ra ham arizani ikki xil Yevropa tilida — inglizcha, fransuzcha, nemescha, ispancha yoki italyanchada berish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish