Sport | 00:16 / 03.06.2016
5593
1 daqiqa o‘qiladi

Dani Alves "Yuventus" bilan shartnoma imzoladi

Italiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, "Barselona" klubi himoyachisi Dani Alves Turinning "Yuventus" klubiga o‘tdi.

Calciomercato va Corriere dello Sport nashrlarining ma'lum qilishicha, braziliyalik futbolchi "keksa sinora" bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Shartnomada uni yana bir mavsumga uzaytirish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Alvesning "Barsa" bilan shartnomasiga qaramasdan, u 5 iyungacha erkin agent sifatida ketish imkoniga ega edi va u bundan foydalandi.

Transfer haqida yaqin orada rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Oxirgi lahzada Alvesga "PSJ" va "MYu" ham qiziqish bildirgan, biroq futbolchi "Yuventus" taklifini qabul qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish