Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya klubi Ibrahimovichni qirolga aylantirishni va'da qildi
Germaniyaning mintaqaviy jamoalaridan biri — Oberxauzenning «Rot-Vayss» klubi Zlatan Ibrahimovichga noodatiy taklif bilan chiqdi.
Jamoa saytida futbolchi jamoaning taklifini qabul qilsa, Oberxauzen konstitutsion monarxiyaga aylantirilib, Ibrahimovich shahar qiroli etib e'lon qilinishi aytilgan.
Bundan tashqari, mahalliy pivo ishlab chiqaruvchi kompaniya — Koenig Pilsenet o‘z nomini Ibrahimovic Pilsener'ga o‘zgartirishga va'da bergan.
1983 yilda yopilib ketgan basseyn esa, Ibrahimovich klub taklifini qabul qilsa, qayta ochilishga tayyorligini ma'lum qilgan.