Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:48 / 03.06.2016
7251
1 daqiqa o‘qiladi
Gvardiola "Manchester Siti" rahbariyatiga shart qo‘ya boshladi
"Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa rahbariyatini ispaniyalik yarim himoyachi Xesus Navasni sotmaslik kerakligi haqida ogohlantirdi.
Marca nashrining yozishicha, 30 yoshli bu futbolchi yozgi transferlar vaqtida "Sevilya"ga qaytishni mo‘ljallagan va "shaharliklar" jamoasi rahbariyati ham shartnomasi muddati 2017 yili yakunlanadigan bu futbolchining istagiga e'tiroz bildirmagan.
Lekin bu vaziyatga Gvardiola aralashgan va Navasning yangi mavsumda o‘ziga kerakli futbolchi ekanini bildirgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish