Jamiyat | 10:54 / 03.06.2016
4462
2 daqiqa o‘qiladi

Litvadagi chaqaloqlar poygasida kalitlar ishqibozi g‘olib bo‘ldi

Litvada an'anaviy tarzda o‘tkaziluvchi chaqaloqlar poygasi tashkil etildi. Unda kalitlarning jajji ishqibozi Kamilis Dambrauskas g‘olib bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.                                                                                                     

10 oylik chaqaloq besh metrli masofani bosib o‘tishi uchun 11 soniya vaqt sarfladi.

Musoaqada 25 bolakay ishtirok etdi. Ularning finish chizig‘igacha yetib kelishiga yordam berish uchun onalar turli buyumlardan foydalanishdi.  Masalan, chaqaloqlarning e'tiborini masofaviy boshqaruv pulti, mobil telefonlar, sut idishlari, havo sharlari, yumshoq o‘yinchoqlar yordamida jalb qilishga hararkat qilishdi.                                                                                                    

«Biz uyda ko‘p mashq qildik. Dambrauskas ko‘proq nimaga ahamiyat berayotganiga e'tibor berdik va uni jalb etishda kalitdan foydalanishga qaror qildik», — deydi g‘olib chaqaloqning onasi.

Mazkur poyga Litvada 17 marotaba o‘tkazildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish