Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: Rossiya Ukrainadan harbiy sinovlar poligoni sifatida foydalanmoqda
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko matbuot-anjumanida Ukraina Rossiyaning istalgan hujumlarini to‘xtatishga yetarlicha kuchga egaligini aytdi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina".
"Rossiya Ukraina sharqi, tajovuz, harbiy harakatlardan o‘zining eng yangi qurollari, radioelektron kurash, aloqa vositalari, bizning artilleriya razvedkamizni buzib kirish vositalarini sinash poligoni sifatida foydalanmoqda", deb aytdi Poroshenko.
Uning aytishicha, Ukraina bu bilan kurashishni, "jumladan o‘z hamkorlari yordamida", o‘rganib olgan.
Poroshenkoning ta'kidlashicha, shifrogramma yaratilgan, razvedka kuchaytirilgan, himoyaning kuchaytirilgan vositalari yaratilgan, texnik jihozlanish yaxshilangan.
"Biz ukrainalik harbiylar halok bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz va shu bilan birga men prezident va bosh qo‘mondon sifatida Ukraina istalgan hujumni, istalgan Rossiya qo‘shinini to‘xtatishga yetarlicha kuchga egaligini sizga ta'kidlayman", deb aytdi prezident.