Sport | 12:41 / 03.06.2016
7719
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu Peresdan o‘ziga «Yuventus» futbolchisini sherik sifatida olib kelishni so‘radi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu fikricha, yangi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish lozim. U «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba madridliklar jamoasi o‘yinini kuchaytiradi, deb hisoblaydi.

Bu borada klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham Ronaldu bilan hamfikr. Shu bois Ronaldu «Real» prezidenti Florentino Peresga murojaat qilib, Pogbani sotib olishni so‘ragan.

Pogbani qo‘lga kiritish uchun Yevropaning bir nechta top-klublari harakat qilishmoqda. Ularning orasida «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «PSJ» klublari bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish