Jamiyat | 21:29 / 03.06.2016
6581
2 daqiqa o‘qiladi

Rostov viloyatida tug‘ilgan qizaloqqa Tutanxamon deb ism qo‘yildi 

Donda istiqomat qiluvchi ota-onalar ko‘p hollarda farzandlarini g‘ayritabiiy nomlar bilan atashadi.  Ammo Rostov viloyatida Tutanxamon ismli qizcha va Delfin ismli bolakay yashab kelmoqda.  Bu haqda Rostov-Don shahridagi Kirov FXDYosi xabar qildi

FXDYo xodimlarining fikriga ko‘ra,  bunaqa ekzotik ismlarni ko‘proq ajnabiy ota-onalar o‘z farzandlariga qo‘ymoqda.  Rostovning Don shahrida Arin Avetyan uch egizak - ikki o‘g‘il, bir qizni dunyoga keltirdi. Egizaklarning birini - Xristos, ikkinchisini - Georgius, keyingisini Marina deya nomladilar. Birinchi bo‘lib yorug‘ dunyoga kelgan Xristos boshqa egizaklariga qaraganda yirikroq  bo‘lib, ko‘rinishi jihatidan nafaqat rostovliklar, balki o‘z ota-onasidan ham biro oz farq qiladi. 

Moskvadagi oilalarning birida dunyoga kelgan qizaloqqa esa Aprel, Vishnya, Indiya, o‘g‘il bolaga - Kasper Nenaglyadnyy (Kasper Suyukli), Sammerset Oushen, Monono Nikita va Budda-Aleksandr deya nom qo‘yildi.

Ammo eng noodatiy ism bir necha yil avval rossiyalik bolakayga qo‘yildi. Baxtli ota-onalardan biri Voronin-Frolovda tug‘ilgan o‘g‘il farzandini o‘zi tug‘ilgan hudud nomi bilan qisqacha BOCh rVF 260602 deya atay boshladi. Ismdagi raqamlar esa bolakayning tug‘ilgan kuni, yilini anglatadi. Tengdoshlari esa bolakayni oddiy - Boch deya chaqiradi.

Bugun Donda tug‘ilgan qizlarga Viktoriya, Sofiya va Mariya, o‘g‘il bolalarga esa  Aleksandr, Artem va Vladimir ismlarini qo‘yish urfga kirgan.