Toshkent akvaparklari narxlari ma'lum qilindi
Jazirama yoz faslida bolalar bilan bir qator kattalar ham tanga orom beruvchi suv havzalarida cho‘milishni hush ko‘rishadi. Bu holatda tog‘ yonbag‘iriga chiqish uchun vaqt topa olmaganlarga poytaxtda qad rostlagan akvaparklar xizmat qiladi. Norma nashri Toshkent shahri va viloyatidagi akvaparklariga kirish narxlarini taqdim etdi. Narxlar 2016 yilgi mavsum holatiga ko‘ra so‘mda keltirilgan.
Poytaxt akvaparklariga borishdan avval, suv havzasi hududida amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar bilan tanishish masadga muvofiq bo‘ladi:
- kiyimda cho‘milish mumkin emas. Uzun sochlar yig‘ilgan bo‘lishi shart;
- hududda alkogol ichimliklarini iste'mol qilish taqiqlanadi;
- akvapark ichida bolalar kattalar nazorati ostida bo‘lishi kerak;
- belgilangan vaqt rejimini buzish va shaxsiy buyumlarni saqlovchi seyf kalitini yo‘qotib qo‘yish holatlarida jarima solinadi;
- o‘zi bilan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni olib kirish ko‘plab akvaparklarda taqiqlanadi (chaqaloqlar uchun ozuqalar bundan istisno).