Jahon | 21:17 / 03.06.2016
3854
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya harbiylari Nusaybindagi maxsus amaliyotlarni yakunlashdi

Turkiya sharqida, Mardin viloyatidagi Nusaybin shahrida "Kurdiston ishchilar partiyasi" a'zolariga qarshi aksilterror amaliyotlar yakunlandi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, 14 mart kuni boshlangan harbiy amaliyotlar davomida 502 nafar kurd jangarilari yo‘q qilingan. 14 mart kuni KIPga qarshi Shirnoq viloyatida boshlangan aksilteror amaliyotlar esa davom ettirilmoqda.

Turkiyada 2015 yilning iyulida KIP bilan ziddiyatlar qayta tiklandi. O‘tgan vaqt ichida mamlakatning turli hududlarida hukumatga qarshi sodir etilgan teraktlar oqibatida 480 nafardan ortiq harbiylar va politsiyachilar halok bo‘lgan. Turkiya bosh shtabi ma'lumotiga ko‘ra, bu vaqt ichida kurd jangarilarining 5 ming nafarga yaqini yo‘q qilingan. Kurdiston demokratik partiyasi ma'lumotida esa halok bo‘lganlar orasida tinch aholi vakillari bo‘lgan yuzlab kishilar ham borligi aytilgan.