Light | 20:55 / 04.06.2016
36927
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng ko‘rkam 10 bozori

Sarxil mahsulotlar yoki yangi kiyim olmoqchi bo‘lgan odamlar mana bir necha ming yildirki bozorga borishadi. Universal savdo markazlari dunyoning barcha burchaklarida mavjud. Ularda umumiy o‘xshashlik bor, albatta, lekin har biri o‘ziga xos. Uzoq o‘tmishdagidek bozorlardagi savdo prinsipi o‘zgarmagan. Quyida diqqatingizga havola etilayotgan bozorlar sayyohlarning sevimli maskanlariga aylanib ulgurgan.

1. Chatuchak

Bangkok, Tailand

Tailanddagi eng katta bozor dam olish kunlarida ishlaydi va minglab mahalliy xalq hamda butun dunyo sayyohlarini o‘zida jamlaydi.  Bir necha kunlarga bu yerdagi ko‘chalarda 15 minglab rastalar xizmat ko‘rsatadi. Bangkokda bo‘lsangiz, sizga birinchi navbatda shu bozorni tavsiya qilishadi. 

2. Grand - bozor

Istanbul, Turkiya

Dunyodagi eng qadimiy va yirik yopiq bozorlardan biri. Bozorda 61ta ko‘cha bo‘lib, ularning har birida turli tovarlar sotiladi. Grand-bozorga bir kunda taxminan 400 ming nafar kishi tashrif buyuradi. 

3. Jamaa al-Fna

Marokash, Marrakesh

Marrakeshga kelgan inson Jamaa al-Fna bozorini ko‘rmay ketmasa kerak. Shahar markazidagi bu joy kunduzi ilon o‘ynatuvchi morbozlar va qo‘lga o‘rgatilgan maymunlar bilan to‘ladi, kechga yaqin esa bozor boshlanib, xalq ko‘payadi. Yaqin Sharq mamlakatlaridan keltirilgan tansiq mahsulotlar, bundan tashqari yuzlab mahalliy tovarlar - bularning barchasi ushbu bozorni Marrakesh shahrining mashhur joylaridan biriga aylantiradi. 

4. Queen Victoria

Melburn, Avstraliya

Bozor Melburnning eng asosiy sayyohlik qadamjolaridan biridir. Bu yerga kuniga yuz mingcha mahalliy xalq aholisi hamda sayyohlar tashrif buyurishadi. Queen Victoria janubiy yarimsharning eng yirik bozori hisoblanadi - uning maydoni 7 gektar atrofida. 

5. Camden Lock

London, Angliya

Londonning eng mashhur bozori har haftaning dam olish kunlarida yuz mingcha odamni o‘zida jamlaydi. Camden Lock bozori bir necha bo‘limga ajratilgan bo‘lib, ularda kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va ko‘plab boshqa tovarlar sotiladi. 

6. Chandni Chouk

Deli, Indiya

Eski Deli hududidagi eng ko‘hna va tirband bozorlardan biri o‘z ko‘lami va tinimsiz harakati bilan xaridorlarni cho‘chitib yuborishi hech gap emas. 

7. Temple Street Night Market

Gonkong

Templ ko‘chasidagi tungi bozor kunning ikkinchi qismida o‘z faoliyatini boshlaydi. Ko‘chaga mashinalarning o‘rniga minglab savdogarlar chiqa boshlashadi va bu yerda kiyimlar, soatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, elektronika bilan birga avval  iste'molda bo‘lgan buyumlarni ham sotishadi. 

8. Tungi Shilin bozori

Taybey, Tayvan

Taybey shahridagi eng katta va eng mashhur tungi bozor o‘zida turli tovarlar sotiluvchi taxminan 600ta rastani birlashtirgan. 

9. Rialto Market

Venetsiya, Italiya

Bu bozor XI asrdan beri shu yerda faoliyat ko‘rsatib keladi, u mashhur Rialto ko‘prigi yaqinidagi Katta kanal sohilida joylashgan. Bozor va ko‘prik Venetsiyadagi sayyohlar uchun eng diqqatga sazovor joylar hisoblanadi. 

10. Sankt - Lourens

Toronto, Kanada

Mazkur bozor National Geographic'ning dunyodagi eng yaxshi oziq-ovqat mahsulotlari bozori yo‘nalishida mukofotga loyiq deb topildi. Bozor ikkita binoda joylashgan bo‘lib, bu yerda butun Kanadadan yuzlab fermerlar o‘zlarining eng yaxshi mahsulotlari - go‘sht, meva va sabzavotlar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishadi.