Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston vaziri: Bangladesh bilan chegara 2016 yil oxirigacha to‘liq jihozlanadi
Hindiston-Bangladesh chegarasi joriy yilning dekabrigacha to‘liq to‘siladi va jihozlanadi. Bu haqda Hindiston adliya vaziri Sadananda Govda ma'lum qildi.
"Hindiston va Bangladesh o‘rtasidagi chegaraning jihozlanishi yil oxirigacha yakunlanadi, shundan keyin ikki tomondan ham biror odam chegarani kesib o‘ta olmaydi. Bu davlatlarimiz o‘rtasida oxirgi 65 yil ichida munosabatlarimizni normallashtirish bo‘yicha qabul qilingan ikki tomonlama tashabbuslardan eng muhimlaridan biridir", deb aytdi Govda.
Vazirning aytishicha, "bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi hukumat mamlakatda xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlashni o‘zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi va Hindistonning barcha qo‘shni davlatlar bilan, xoh Xitoy, Pokiston yoki Bangladesh bo‘lsin, chegaralarini jihozlashga mo‘ljal olgan".
Hindiston va Bangladesh o‘rtasidagi chegara 4 ming km dan ko‘proqni tashkil qiladi, unga G‘arbiy Bengaliya, Assam, Megxalaya, Tripura va Mizoram shtatlari tutashgan.
2015 yil may oyida Hindiston parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga tegishli tuzatishni ma'qulladi, Bangladesh bilan quruqlikdagi chegara haqidagi ikki tomonlama kelishuvni qabul qildi. Hujjatga ko‘ra, qo‘shni davlatlar chegaraning 6,1 km ni demarkatsiya qiladilar va hududlar bilan almashadilar. Xindiston Bangladeshga umumiy maydoni 70 kvadrat kilometrlik 111 ta anklavni, Bangladesh esa Hindistonga 28 kvadrat kilometrlik 51 ta anklavni topshiradi.
Hindiston Bangladeshdan jangarilarning ko‘chib yurishi, kontrabanda va noqonuniy migratsiyani to‘xtatish uchun chegara to‘siqlarini qurishni moliyalashtirdi.