Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 19:50 / 04.06.2016
7549
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniyadagi avtopoygada avtomobil tomoshabinlarga borib urildi
Ispaniyaning Kantabriya degan joyida avtopoygani tomosha qilayotgan tomoshabinlarga poyga mashinasi kelib urildi. Bu haqda El Diario Montañés ma'lum qildi.
Kataloniyalik poygachi Jan Solans avtomobil boshqaruvini qo‘ldan chiqarib, muxlislarga borib urilgan. Oqibatda 17 kishi jabrlangan. Bir muxlisa ko‘p sonli jarohatlar bilan vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. Yengil jarohat olganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Avariyadan keyin tashkilotchilar poygani to‘xtatishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish