Jahon | 08:21 / 04.06.2016
7213
2 daqiqa o‘qiladi

Mishel Obama Donald Trampni qoraladi

AQShning birinchi xonimi Mishel Obama Nyu-York shahar kollejida bitiruvchilar bilan uchrashuvda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod  Donald Trampni qoraladi, deb yozmoqda The New York Times nashri.

AQSh prezidenti Barak Obamaning rafiqasi milliarderning nomini ochiqchasiga aytmadi, biroq uning kinoyali gaplaridan gap Tramp haqida ketayotganini anglash mumkin bo‘lgan, deb ta'kidlamoqda nashr. Obama "qo‘rqitish, butun bir guruh odamlarni yomon otliq qilishdan foydalanuvchi yetakchilar boshqa taklif qiladigan narsalari yo‘qligi sababli doimo shunday qilishlarini" ta'kidlab o‘tgan.

"Biz Amerikada o‘z qo‘rquvlarimizga yengilmaymiz. Biz odamlarni tutib turish uchun devorlar qurmaymiz, chunki bizning buyukligimiz boshqa yerda tug‘ilib, biroq davlatimizni topib, uni o‘z uyiga aylantirganlardan bog‘liq bo‘lgan", deb murojaat qildi Mishel Obama Nyu-Yorkdagi eng yoshi ulug‘ kollej bitiruvchilariga.

Bu Mishel Obamaning AQSh birinchi xonimi sifatida bitiruvchilar tantanali tadbiridagi oxirgi chiqishi bo‘ldi.

Avvalroq butun jahonga taniqli nazariyotchi fizik Stiven Xoking Trampning mashhurligi sababini tushuntirib bera olmagandi. Olim Trampni jamiyatning eng quyi tabaqalarini o‘ziga jalb qila oluvchi safsataboz deb atagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish