Sport | 16:49 / 04.06.2016
5969
1 daqiqa o‘qiladi

Rio Olimpiya o‘yinlarida qochoqlar jamoasi ilk bor qatnashadi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, qochqinlar terma jamoasi tarkibiga kiritilgan sportchilar nomini oshkor qildi.  Ular, Rio-de-Janeyro Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. 

BMT yangiliklar markazi xabariga ko‘ra, jamoaga ikki nafar suriyalik suzuvchi, Kongo demokratik respublikasidan ikki dyuzdochi hamda Efiopiya va janubiy sudanlik 6 nafar yuguruvchilar kirgan. Ularning barchasi, zo‘ravonliklar hamda ta'qiblardan qochib, o‘z vatanlarini tark etishga majbur bo‘lishgan. Bu sportchilar Belgiya, Germaniya, Lyuksemburg, Keniya va Braziliyada boshpana topishgan. 

Aytij joizki, qochqinlar jamoasi Olimpiya o‘yinlarida ilk marotaba ishtirok etadi. Jamoa a'zolari, 5 avgust kungi ochilish marosimida mezbon jamoa Braziliya termasidan so‘ng, Olimpiya bayrog‘i ostida maydonga chiqadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish