Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Porter esminetsi Qora dengizga kiradi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Porter (DDG 78) raketa tashuvchi kemasi (esminets) 6 iyun kuni Qora dengizga kiradi. Bu haqda AQSh Harbiy-dengiz floti saytida xabar berilgan.
Xabarda aytilishicha, esminets Qora dengiz hududida "tinchlik va barqarorlikni saqlashga ko‘mak berish maqsadida" faoliyat olib boradi.
"AQSh harbiy-dengiz kuchlarining mazkur Porter nomli kemasi Atlantic Resolve operatsiyasi doirasidagi vazifalarni bajaradi. Qo‘shma shtatlar NATO a'zolari bo‘lgan ittifoqchilarning hamda Yevropadagi hamkorlarning xavfsizligini ta'minlashda o‘z ko‘magini ko‘rsatishda davom etadi", deyilgan flot sayti xabarida.
2015 yilning dekabrida AQShning USS Ross raketa tashuvchi kemasi va Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining «Getman Sagaydichniy» fregati Qora dengizda mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.
1936 yilning 21 iyulida Sobiq Ittifoq, Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya, Yugoslaviya, Avstraliya va Yaponiya kabi bir qator davlatlar tomonidan imzolangan Montryo konvensiyasiga ko‘ra, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlaridan barcha kemalarning erkin o‘tishi kafolatlangan. Qora dengizi atrofida joylashmagan davlatlar kemalari dengiz hududida bo‘lishi muddati 21 kun etib belgilangan.