Sport | 09:11 / 05.06.2016
5752
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogi: Braziliya Ekvadorga qarshi o‘yinda golsiz durang qayd etdi

AQShda Amerika Kubogi-2016 turnirining V guruhida yana bir uchrashuv o‘tkazildi. Unda Braziliya Ekvadorga qarshi o‘ynadi va bu o‘yinda nursiz durang qayd etildi va jamoalar bittadan ochko olishdi.

Bundan oldinroq guruhning birinchi uchrashuvida Peru Gaitini mag‘lub etgandi. Endilikda peruliklar guruh peshqadami bo‘lib turishibdi.

Guruhdagi navbatdagi o‘yinlar 9 iyun kuni o‘tkaziladi. Unda Peru Ekvador bilan, Braziliya Gaiti bilan uchrashadi. Guruhning so‘nggi uchrashuvlari 13 iyunga belgilangan.

Amerika Kubogi. B guruhi. 1-tur
Braziliya – Ekvador – 0:0
Braziliya – Alisson, Jil, Filipe Luis, Dani Alves, Markinos, Elias (Lukas Lima, 86), Kazemiro, Renato Augusto, Villian (Lukas Moura, 76), Koutino, Jonas (Gabriel, 62).
Ekvador – Dreyer, Mina, Ayovi, Paredes, Achiler, Valensiya, Grueso, Noboa, Montero (Martines, 81), Bolanos (Gaybor, 90), Valensiya (Ayovi, 81).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (18), Elias (35), Jil (38), Paredes (47), Valensiya (77), Ayovi (86).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish