Anjyelina Jolidan ijod, muhabbat va bolalar haqida fikrlar
4 iyunda Anjyelina Joli 41 yoshni qarshi oldi. Aktrisa olti nafar farzandini sayyoramizning eng mashhur erkaklaridan biri Bred Pitt bilan birgalikda tarbiyalamoqda.
Biz sizga sohibjamol aktrisaning hayot, ijod, muhabbat va bolalar haqida aytgan eng yaxshi iboralari taqdim etamiz.
1. Hech qachon aybdorni izlamaslik kerak, hech kimning dilini og‘ritmay yashash kerak. Boshqalarni muhokama qilmaslik va mutlaq erkin bo‘lish lozim.
2. Tatuirovkalar, qon va chandiqlar — men aynan shulardan yaralganman.
5. Men romantikman. Erkak kishi mening hayotiy qiziqishlarimni ajrata olishi, meni hayotda yanayam yaxshi inson bo‘lishimga yordam berishi kerak. Sevgi ana shunday bo‘lishi lozim!
7. Qachondir seni sevishadi va qachondir sen kimnidir baxtli qilsang, tasodifan o‘zingni dunyodagi eng chiroyli insondek his qilasan.
8. Menga yetuk, chiroyli va sog‘lom fikr bilan yashash yoqadi. Shunda hayotimdagi bo‘layotgan barcha hodislarni qabul qilishim oson bo‘ladi.
9. Ba'zida men “turmush o‘rtog‘im shunday ajoyib inson, nega u men bilan” deya o‘ylab qolaman. Chunki men aslida qanday insonligimni bilmayman. Ammo u o‘zini men bilan baxtli his qilayotgan bo‘lsa, demak men aynan shunday baxtli inson bo‘lishini istayman.
10. Men tor yubka kiymayman, qomatimni nafis deb hisoblamayman. Chunki men o‘tirganda xuddi erkaklardek o‘tiraman. Shu bois tor yubkalar men uchun emas.
11. Onalik meni juda qattiq o‘zgartirdi. Men endi o‘zimni qurbon qilish bilan shug‘ullana olmasligimni tushundim.
13. Onam menda cheksiz muhabbat tuyg‘usini tarbiyaladi. Ehtimol, men yoshligimda chidab bo‘lmas darajada tantiq bo‘lgandirman, ammo har doim mehribon bo‘lganman.
14. Tan olishim kerak, yoshligimda yulduzlarning obro‘sidan kimga nima naf ekanligini tushunmas edim. Ammo endi bilaman: Bu — men yordam beradigan oilam va oilalar oldidagi katta mas'uliyat ekan. Mashhurlik menga ezgu g‘oyalar va fikrlarimni amalga oshirishga imkon yaratdi.
15. Bizning hammasi qanday bo‘lishi kerakligi haqida tushunchamizning qolipga solinganligi, barcha narsadan qanday bo‘lsa, shundayligicha huzur qilishimizga xalaqit beradi.