Jamiyat | 16:04 / 05.06.2016
5137
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada hafta davomida ikki kishi akula qurboniga aylandi

Avstraliyada akula hujumiga uchragan dayver ayol olingan jarohatlar tufayli jon berdi. Bu haqda 5 iyun kuni The Huffington Post nashri xabar qildi.

Manbaning yozishicha, Mindari shahri sohilida (Pert shahridan 30 km masofada) 60 yoshli ayolni jarohatlangan holda topib olishgan. U ko‘p vaqt o‘tmay jon bergan.

Ayni vaqtda hukumat sohil atrofini yopib qo‘yishga qaror qilgan. Guvohlardan biri sohil yaqinida o‘z qayig‘i uzunligidagi (5,3 m) akulani uchratgani haqida aytgan.

O‘tgan haftaning seshanba kuni ham Avstraliyada, Pert shahri yaqinidagi sohilda 29 yoshli syorfingchi Ben Gerring akula hujumiga duch kelgan va og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgach, vafot etgandi.

Mahalliy baliqchilar bu syorfingchiga hujum qilgani taxmin qilingan 4,2 metr uzunlikdagi akulani tutishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish