Sport | 09:51 / 05.06.2016
4121
2 daqiqa o‘qiladi

Blatter: «Barcha bonuslar haqli va adolatli ravishda to‘langan»

FIFA prezidenti Yozef Blatter bayonot berib, unga berilgan barcha pullar asosli ravishda to‘langanini ta'kidladi

«Barcha bonuslar haqli va adolatli ravishda to‘langan. Bu haqda avvalroq advokatim Richard Kallen ham aytgandi», — dedi Blatter OAVga bergan intervyusida.

«Janob Blatter olgan to‘lovlar qonun doirasida va adolatli bo‘lgani haqidagi hujjatlarni FIFAga taqdim qilishga tayyormiz. Ularning miqdori dunyoning eng yirik sport liga rahbarlari oladigan to‘lovlar darajasida bo‘lgan» - degandi Blatterning advokati.

Avvalroq, FIFA rahbarlari — Blatter, tashkilot sobiq bosh kotibi Jyerom Valke va sobiq moliyaviy ishlar bo‘yicha direktor Markus Kattnerga 5 yil davomida 80 mln dollar miqdorida bonuslar berilgani aniqlangandi.

Yozef Blatter JCh-2014 va JCh-2018 uchun bonuslar ko‘rinishida 38 million 380 ming dollar, Jyerom Valke – 40 million 198 ming dollar (11,1 million dollari – JCh-2018 uchun), Markus Kattner – 11 million 842 ming dollar (4,5 million dollar – JCh-2018 uchun) olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish