Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:59 / 05.06.2016
4060
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyada noma'lum shaxs sayyohlar o‘tirgan avtobusga qarata o‘t ochdi
Fransiyada chexiyalik sayyohlar mingan avtobus noma'lum shaxs tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda VFMTV telekanali xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, avtobusda 75 nafar kishi, shu jumladan bolalar bo‘lgan.
Prokuror Aleks Perrenning ma'lum qilishicha, oyna siniqlari tegishidan 6 kishi jarohatlangan.
Bu avtobus Chexiyadan Ispaniyaga ketayotgandi. U Fransiyaning Drom departamentidagi A7 shossesiga yetganida o‘qqa tutilgan.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish