Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Laporta: «Sud ayblovi – Messini «Barselona»dan ketishga majburlash quroli
«Barselona»ning sobiq prezidenti Joan Laporta Lionel Messining soliq organlari bilan muammosi va shu bo‘yicha sud jarayoni haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Buning barchasi siyosiy, yuridik, sport va jurnalistik strategiyaning bir qismi kabi ko‘rinmoqda. Bu ayblov orqali Messini «Barselona»dan ketishga majbur qilishmoqchi.
Men Messi va uning oilasiga yo‘naltirilgan bu g‘azabdan qattiq xafaman.
Menga shunday tuyulmoqdaki, «Barselona» va butun dunyo hamjamiyati tomonidan Lionel yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayapti», – deydi Laporta o‘z tvitterida.