Jahon | 19:29 / 05.06.2016
7777
2 daqiqa o‘qiladi

Meteorolog Yevropadagi suv toshqinlari sababini izohladi

Reding universiteti meteorologi Nayjyel Arnell Fransiya va Germaniyada ro‘y bergan halokatli suv toshqinlarining tabiiy sababini aytib o‘tdi. Bu haqida New Scientist nashri xabar berdi.

Arnellning fikricha, Yevropadagi shiddatli yomg‘irlarning yog‘ish sababi meteorologiyada omega birligi deb tanilgan tabiiy hodisa bo‘lib chiqdi. 

U yunoncha omega harfini yodga soluvchi yo‘l bo‘ylab sodir bo‘luvchi havo oqimi atmosferasidaga harakat shakllanishida namoyon bo‘ladi. Bu hodisa hududlarda past bosimning kuchayishiga hissa qo‘shadi, oqibatda esa yog‘ingarchilik darajasi keskin oshadi.  

Arnell global isish planeta atmosferasida yanada ko‘proq suv yig‘ilib qolish holatiga olib kelishini qo‘shimcha qildi.

Natijada ayrim hududlarda yog‘ingarchilik, boshqalarida qurg‘oqchilik darajasi ortadi. 

Omega birligi yer o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan va davriy tarzda havo membranasi buzilishida keng tarqaladigan Rossbi to‘lqinlari xatti-harakatini o‘zgartirib turadi.

Biroq olimlar omega birligining iqlimga to‘liq qanday ta'sir etishini bilishmaydi.                                                                                   

Eslatib o‘tamiz, kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Parijdagi Sena daryosi me'yoridan bir necha metrgacha ko‘tarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish