Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Arktikada yuz ming yillardan beri ilk marta muz qolmaydi
Joriy yilda Arktikada muz qolmaydi.
Kembrij universiteti professori Piter Uodhems Arktika birinchi marta 100 ming yil ichida butunlay muzsiz qoladi, degan xulosaga keldi. Uning The Independent gazetasiga xabar berishicha, muz qatlamlari joriy yili yoki kelasi yilda yo‘qolib ketadi.
«Mening bashoratim bo‘yicha, arktika muzlari butunlay yo‘qolib ketishi mumkin, ya'ni shu yilning sentabrigacha 1 mln kv. km.dan ortiq maydonni egallaydi», — deydi Piter Uodhems.
Olim Shimoliy yarimsharda muz erish ko‘rsatkichlarining yuqoriligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarga asoslanmoqda. Bundan 30 yil avval Arktikadagi muz qatlamining maydoni 12,7 mln kv. km.ni tashkil etgan edi. Joriy yilning boshiga kelib bu ko‘rsatkich 11,1 mln kv. km.gacha tushib ketgan. Hozirda muzlar 3,4 mln kv. km maydon sirtini qoplab olgan. Bu rekord darajadagi past ko‘rsatkichdir, deya ta'kidlaydi tadqiqotchi.
Xabar qilinishicha, Arktikada so‘nggi marta 100-120 ming yil avval muzdan xalos bo‘lgan.