Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya Ukraina, AQSh, Fransiya va Britaniyani ikkilik standartlarida aybladi
Suriya tashqi ishlar vazirligi BMT bosh kotibi Pan Gi Mun nomiga "Ahror ash-Shom" va «Jaysh al-Islom" guruhlarining terrorchilik guruhlari ro‘yxatiga kiritishdan bosh tortgan bir qator davlatlar harakatlarida "ikkilik standarti" haqida aytilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi xabar bermoqda.
"AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va Ukrainaning BMT Xavfsizlik kengashidagi vakillarining "Ahror ash-Shom" va «Jaysh al-Islom" guruhlarining terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishdan bosh tortishi bu davlatlar terrorchilikka qarshi kurash masalasida "ikkilik standartlari" siyosatini yurgazishni davom ettirayotganini tasdiqlaydi va ularning bu yovuzlik bilan kurashdagi mas'uliyatsizlarcha munosabatini isbotlaydi", deyilgan maktubda.
Suriya tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatishicha, nomi keltirilgan guruhlar va boshqa terrorchilik guruhlari jangarilarining Halabdagi tajovuzi Jyenevadagi Suriya bo‘yicha muzokaralarni barbod qilishga ochiqchasiga urinish hisoblanadi.