Jahon | 23:41 / 05.06.2016
6616
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya chegaralar xavfsizligini mini-dirijabllar bilan kuchaytiradi

Turkiya qurolli kuchlari chegaraoldi hududidagi xavfsizlik vositalarini mini-dirijabllar deb ataluvchi uchuvchisiz kuzatish tizimlari yordamida modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Hurriyet Daily News xabar bermoqda

Tizim Turkiyaning yetakchi mudofaa korxonasi ASELSAN tomonidan yaratilgan. U mahalliy kuzatuv va xavfsizlik haqida tezkorlik bilan xabardor qilish uchun mo‘ljallangan. 

Ma'lum qilinishicha, videokuzatuv tizimi real vaqt rejimida 360 graduslik ko‘rish burchagi bilan tasvirlarni uzatishga qodir. Ma'lumotlar boshqaruv stansiyasiga jo‘natiladi. Ogohlantirish tizimi kunduzgi va tungi kameralar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, u yengil qurolli hujumlar va kuchli shamollarga bardosh bera oladi. 

Tizim ikki variantda taqdim qilingan. Suv tomchisi shaklini eslatuvchi model yoki dirijabl 16 metr uzunlikka ega va 1000 metr balandlikka ko‘tarila oladi. Sferasimon model esa 500 metrgacha balandlikda tura olishi mumkin.

Turkiya armiyasi mini-dirijabllarni chegaraoldi hududlarida sinovdan o‘tkazishni boshlab yuborgan. Ayni vaqtda tizimdan 400 soat atrofida foydalanilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish