Jahon | 07:59 / 06.06.2016
3668
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda AQShning Milliy jamoatchilik radiosi jurnalisti halok bo‘ldi

AQShning Milliy jamoatchilik radiosi (NPR) jurnalisti Devid Jilki Afg‘onistonning Gilmend viloyatida otishma vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, Jilki bilan birga radioning afg‘onistonlik tarjimoni Zabihulla Tamanno ham halok bo‘lgan.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalistlar o‘qqa tutilganlarida viloyat bo‘ylab harbiylar bilan harakatlanayotgan bo‘lganlar. Hozircha jurnalistlar va harbiylarni kim o‘qqa tutgani haqida ma'lumot yo‘q.

Jilki dunyodagi eng mahoratli fotojurnalistlardan biri hisoblanardi. U o‘z faoliyati davomida Afg‘oniston, Iroq va G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar vaqtida ishlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish