Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada yo‘lovchi hamda yuk poyezdlari to‘qnashib ketdi
Belgiyaning Ermall-Su-Ui shahri yaqinida yo‘lovchi va yuk poyezdlari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Le Soir nashrining xabar berishicha, shahar ma'muriyati halokat natijasida uch nafar kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qilgan. Jabrlanganlar soni 40 nafar kishiga yetgan.
Nashr manbasi to‘qnashuvni “juda qattiq” deya baholagan. Qurbonlar soni rasmiy tasdiqlanmagan. «Bu raqamlar o‘zgarib turishi mumkin», — degan u.
Temir yo‘l fojiasi yakshanba tunda, Lej provinsiyasidagi ikki shahar kesishmasida yuz bergan. Avariyaga nima sabab bo‘lganligi aniq aytilmagan.