Jahon | 08:34 / 06.06.2016
5515
1 daqiqa o‘qiladi

Dmitriy Medvedev Qirg‘iziston rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirg‘izistonga 6-7 iyun kunlari Qirg‘iziston hukumati taklifi bilan rasmiy safar uyushtiradi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.   

Ta'kidlanishicha, 6 iyunda Bishkekda Medvedevning Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va bosh vazir Sooronboy Jeenbekov bilan muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, investitsion, energetik, ilmiy-texnik va gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida o‘zaro harakatlar istiqbollarini muhokama qilish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, bir qator hukumatlararo va vazirliklararo hujjatlarni, jumladan hukumatlar o‘rtasida neft va neft mahsulotlarini yetkazish sohasida hamkorlik kelishuvi imzolanadi.

7 iyunda Medvedev Bishkekdagi MDH davlatlari bosh vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish