Texnologiya | 20:29 / 06.06.2016
4928
2 daqiqa o‘qiladi

Huawei serverlar uchun 16 yadroli protsessor ishlab chiqardi

Huawei kompaniyasi serverlar uchun Hi1612a nomini olgan shaxsiy protsessorini yaratdi.

Qurilma 16 nanometrli texnologiya asosida Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) korxonasida ishlab chiqarilayotgani ma'lum bo‘ldi. Chip 16ta yadrodan iborat. 64 bitli instruksiyalarning qo‘llanilishi hamda ARMv8-A platformasi bilan moslashishi aytilmoqda. Afsuski, protsessorning boshqa tavsiflari keltirilmadi. 

Shuni ta'kidlash joizki, Huawei anchadan beri mobil qurilmalar uchun shaxsiy protsessorlarini ishlab chiqaradi. Masalan, o‘tgan yilning oxiriga kelib, kompaniya smartfon va fabletlar uchun qudratli Kirin 950 chipini namoyish qildi. U ikkita klasterga ajratilgan 8ta yadrodan iborat - bu 2,53 GGts'li Cortex-A72 kvarteti hamda 1,8 GGts'li Cortex-A53 kvarteti. Grafik komponenti Mali T880MP4 integratsiyalashgan  kontrollerga asoslanadi. Chip LTE Cat.6 uyali modemga ega; VoLTE (Voice over LTE) texnologiyasi - to‘rtinchi avlod mobil tarmog‘ining ovozli tizimi qo‘llanadi. 

Kuzatuvchilarning fikricha, Huawei'ning shaxsiy server protsessorlarini ishlab chiqarishi - dadil qo‘yilgan qadam. Gap shundaki, unga muvofiq keluvchi bozor ma'lum ma'noda murakkab, chip ishlab chiqaruvchilar ham barqarorlik, mahsulotlarning ishonchliligi, uzoq muddatli ta'minot kabi ko‘p omillarni hisobga olishi kerak bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish