Texnologiya | 16:58 / 06.06.2016
3784
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask 2024 yilda odamlarni Marsga yetkazishga va'da berdi

Milliarder Ilon Mask o‘ziga tegishli SpaceX kompaniyasining 2024 yilda odamlarni Marsga yuborishga umid qilayotganini bildirdi. 

"Agar bu sizga erish tuyulsa, unda siz kosmosning tijorat segmenti rivojlanishini kuzatmas ekansiz. Hammasi rejadagidek ketsa, biz odamlarni 2024 yilda ketib, 2025 yilda qaytadigan qilib jo‘natishimiz mumkin", -dedi Mask.

Mask - mashhur inson. U PayPal'ni sotib, kompaniya sotuvidan olgan pullarga xususiy tijorat kompaniya hisoblangan - Tesla va SpaceX elektromobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniyani yo‘lga qo‘ydi. Nisbatan qisqa vaqt ichida SpaceX ko‘p narsalarga erishdi, ko‘p martali Falcon raketasi va zaxiralarni yetkazib hamda to‘ldirib beruvchi Dragon qurilmasi shu kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirda yanada qudratliroq Falcon Heavy raketasi ishlab chiqarilmoqda. 

2018 yilda SpaceX Mars sayyorasiga hech qanday bort personalisiz Dragon kapsulasini yo‘llaydi. Mask SpaceX kompaniyasiga Marsda insoniyat yashashi uchun texnologiyani rivojlantirish maqsadida asos solgan, shunday ekan, hozircha barchasi rejadagidek ketmoqda. 

"Asosiy reja shundan iboratki, biz Marsga 2018 yildan boshlab har imkon bo‘lganda missiya jo‘natamiz. Har 26 oyda buning uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Biz Marsga yuk tashishni ham yo‘lga qo‘yamiz. Bu Marsda shahar yaratish g‘oyasini qo‘llab-fuvvatlash uchun zarur", - ma'lum qildi Mask. 

Oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Hozirgi vaqtda bunday missiyani amalga oshirish uchun qudratli raketa yo‘q. Bugungi kunga qadar yaratilgan eng qudratli raketa "Saturn-5" bo‘lgan, uning yordamida "Appolonlar" Oyga uchishgan. Biroq bu 50 yil avvalgi gap.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish