O‘zbekiston | 14:46 / 06.06.2016
7975
1 daqiqa o‘qiladi

Issiqlik energiyasi tizimi takomillashtiriladi

Shu yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston hukumati «Respublika issiqlik energiyasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Unga ko‘ra, issiqlik quvvati ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yettita AJ davlat unitar korxonalariga aylantiriladi. 

Ular orasida, «Kommunallik issiklik orayi» AJ, «Andijon viloyat issiqlik manbai» AJ, «Issiqlik manbai» AJ (Buxoro viloyati), «Qashqadaryo viloyati issiqlik manbai» AJ, «Xorazm issiqlik manbai» AJ, «Issiqlik manbai» AJ (Samarqand viloyati) va «Toshkent issiqlik markazi» AJlar mavjud.

Yangi tashkil etiladigan davlat unitar korxonalariga muassislik majburiyati Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm va Toshkent shahri hokimliklari zimmasiga yuklangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish