Jahon | 11:57 / 06.06.2016
2683
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada harbiy ombordagi portlash tufayli aholi evakuatsiya qilindi

Shri-Lankadagi Salava shahrida joylashgan eng yirik qurol-yarog‘ omborida chiqqan yong‘in natijasida bir harbiy halok bo‘lgan va yana bir kishi jarohat olgan. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

Yong‘in sodir bo‘lgan hudud atrofidagi uylarda yashovchi aholi evakuatsiya qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Omborda og‘ir qurollar va artilleriya snaryadlari saqlangan.

Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, yong‘in paytida jarohat olgan kamida besh kishi ikkita mahalliy gospitalga keltirilgan. 

Bir hafta ilgari Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qurol-yaroq omborida yirik yong‘in sodir bo‘lgan edi. Unda taxminan 17 kishining halok bo‘lgani qayd etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish