Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:54 / 06.06.2016
4964
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyada parlament spikeri lavozimini birinchi marta ayol kishi egallaydi
Bashar Asad partiyasi a'zosi bo‘lgan Xadih al-Abbos Suriya parlamentining yangi spikeri etib tanlandi va bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.

58 yoshli al-Abbosga milliy yig‘ilishning birinchi sessiyada ko‘pchilik ovoz berildi.
Ma'lum qilinishicha, yangi spiker qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida doktorlik darajasiga ega. Bundan tashqari, al-Abbos Daur-az-Zordagi Al-Furat universitetining professori hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish