Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning Liviyadagi siyosatini "falokatli" deb hisoblashini aytdi
AQSh ma'muriyati Liviyaga nisbatan "falokatli" siyosat yurgazgan, deb aytdi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp. Bu haqda CBS xabar bermoqda.
"Liviya borasida qabul qilingan qarorlar falokatli bo‘ldi", deb aytdi Tramp.
Tramp, jumladan, AQShning Liviyadagi harakatlari IShID jangarilarining Liviya nefti ustidan nazorat o‘rnatishiga olib kelganini ta'kidlab o‘tdi.
U, shuningdek, Liviyada katta ko‘lamli operatsiya o‘tkazish o‘rniga Liviya yetakchisi Muammar Kaddafiyni yo‘q qilish bo‘yicha "nozik jarrohlik aralashuvi" zarurligi fikrini bildirganini eslatdi.
Tramp mart oyida AQShning Liviyadagi harakatlariga izoh berib, uning saylovoldi poygasidagi raqibi, AQShning sobiq Davlat kotibi Xillari Klintonning bunda o‘ynagan roliga urg‘u berib o‘tgandi.