Jamiyat | 09:42 / 06.06.2016
3191
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada avtobus kanalga qulashi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning janubidagi bolalarni olib ketayotgan sayyohlik avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 26 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatlari olishdi. Bu haqida Hurriyet nashri xabar berdi

Yo‘l-transport hodisasi avtobus maktab o‘quvchilarini Usmoniya shahri yaqinidagi Qoratepa qal'asiga uyushtirilgan ekskursiyadan olib qaytayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan, buning natijasida avtobus ko‘prikdan kanalga ag‘anagan.

Halok bo‘lganlar orasida olti nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgani aniqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish