Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:41 / 06.06.2016
3500
1 daqiqa o‘qiladi
“O‘zkimyosanoat” AJ o‘z nizom jamg‘armasini 435,47 mlrd so‘mga yetkazadi
“O‘zkimyosanoat” AJ o‘zining nizom jamg‘armasini 155,148 mlrd so‘mdan 435,471 mlrd so‘mgacha oshiradi.
Kompaniya aksionerlari qo‘shimcha aksiyalar emissiyasini 280,323 mlrd so‘mga kengaytirishga qaror qilishgan.
Kompaniya har biri 1145 so‘mlik 244 823 976 dona oddiy aksiyalarni fond bozoriga chiqaradi. Aktsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasida yopiq tartib bo‘yicha joylashtiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish