Sport | 14:32 / 07.06.2016
5633
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarining timsollari tasdiqlandi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ijroiy qo‘mitasi 2018 yili Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarining timsollarini tasdiqladi

XOQning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Olimpiada o‘yinlarining timsoli sifatida tashkilotchilar Soohorang nomli oq yo‘lbarsni tanlashgan. Oq yo‘lbars Koreya mifologiyasida ishonch, kuch va himoya ramzi hisoblanadi. Oq rang esa oppoq qor va muz bilan bog‘liq. 

Paralimpiya o‘yinlarining timsoli etib Bandabi nomli Himolay ayig‘i tanlandi. 

Pxenchxan Olimpiada o‘yinlari 9-25 fevral kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 9-18 mart kunlari o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish