Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aqto‘be voqealari qurbonlari oilalariga 3 ming dollardan beriladi
Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida amalga oshirilgan terrorchilik xurujlarida halok bo‘lganlarning oilalariga, 3 ming AQSh dollari miqdorida yordam puli beriladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi shahar axborot markaziga tayangan holda.
«Halok bo‘lgan aqto‘beliklarning oilalariga 1 million tengedan beriladi. Bundan tashqari, mahalliy hukumat ularni dafn etish xarajatlarini ham o‘z zimmasiga oladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, mahalliy OAV Aqto‘bedagi ikkita qurol do‘koni va harbiy qismga uyushtirilgan terroristik xuruj qurbonlari ro‘yxatini e'lon qilgandi.