Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanj Google’ni Klintonni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjdan yangi fosh etishlar – bu gal AQSh prezidentlik saylovoldi kampaniyasi haqida. WikiLeaks asoschisining aytishicha, Google qidiruv tizimi Xillari Klintonning Oq uy uchun poygadagi yaqin hamkoriga aylangan.
"Google Davlat departamentidan foydalanadi va aksincha. Bu turli darajalardagi umumiy birlashish", deb Assanj aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi RIA “Novosti” axborot agentligi.
Assanj buni shunday tushuntirdi: Google smartfonlar bozorining yarmini nazorat qiladi. Bundan shu kelib chiqadiki, siz qurilmani nazorat qilsangiz, unda uning foydalanuvchisini ham nazorat qilasiz.
WikiLeaks asoschisi 2015 yilgi voqealarga e'tibor berishni taklif qildi. Avval Google bilan AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati bilan kelishuv bo‘lgan, kompaniya rahbarlari esa Oy uyga oxirgi to‘rt yil ichida har hafta tashrif buyurganlar.
Google’ning saylov kampaniyasiga aralashganligi bu bilan tugamaydi. Kompaniyaning sobiq rahbari Erik Shmidt Xillari Klintonning prezidentlik kompaniyasiga raqamli jo‘r bo‘lishni yaratgan. Assanjning aytishicha, Erik Shmidt Pentagonning innovatsion qo‘mitasi hamraisi hisoblanadi.
Assanj bunday ma'lumotlar bilan "Russian Today" xalqaro axborot agentligining xalqaro mediaanjumanida videoaloqa orqali bo‘lishdi. Assanj hali ham Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda.
Moskvada 6-7 iyun kunlari "Novaya epoxa jurnalistiki: proshchaniye s meynstrimom" nomli mediaanjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumandagi asosiy mavzu jurnalistikaning kasb va tarmoq sifatidagi ahvoli hamda uning zamonaviy dunyodagi roli bo‘ldi. Anjumanda 30 ta davlatdan, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Misr, Armaniston, Ozarbayjon va BAAdan mediaekspertlar ishtirok etdi.