Sport | 14:25 / 07.06.2016
3565
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi

2016 yilning 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Olimpiya o‘yinlarining tennis bo‘yicha saralash tizimi yakuniga yetdi.

Unga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan 29 yoshli Denis Istomin ishtirok etadigan bo‘ldi.

Istomin 2012 yil Londonda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etib, dastlabki ikki uchrashuvda g‘alabaga erishgan va uchinchi uchrashuvda bo‘lajak finalchi Rojyer Federerga yutqazib qo‘ygan edi.

Ma'lumot uchun, Denis Istomin Professional tennischilar uyushmasi (ATR) reytingida 64-pog‘onani egallab turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish