Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizm batamom yo‘q bo‘lmaguncha u bilan kurashadi
Turkiya hukumati Istambuldagi qo‘poruvchiliklar bo‘yicha keng qamrovli surishtiruv ishlarini olib bormoqda hamda tez orada kalavaning uchini topadi, deya bayonot bergan Respublika prezidenti Tayip Erdo‘g‘an Istambuldagi portlashda jarohatlanganlarni borib ko‘rar ekan.
"Bunday jinoyatlarni sodir etganlarning uzri, o‘zlarini oqlashi qabul qilinmaydi. Biz terrorizmni ildizi bilan yo‘q qilmaguncha, unga qarshi kurashni davom ettiramiz", - degan Turkiya prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Istambulning "Xaseki" shifoxonasi "jonlantirish bo‘limida ikki yaradorga yordam ko‘rsatilmoqda, yana biri jarrohlik amaliyotida".
"7 nafar politsiya xodimi va 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan. Bosh prokuratura fojyea joyida faoliyat ko‘rsatmoqda, qisqa vaqt mobaynida jinoyat ijrochilarini aniqlash imkonini beradigan dalillar topiladi", -degan Erdo‘g‘an.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, maxsus bo‘linma xizmat avtobusi yonida portlovchi moslama ishga tushirilgan. Uning oqibatida, 36 kishi jarohatlangan, 11 kishi qurbon bo‘lgan.