Jamiyat | 07:45 / 07.06.2016
9170
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada ayiq 3 ming askarni qo‘rqitib yubordi

Finlyandiyada qo‘ng‘ir ayiq harbiy qismning 3 ming askarini qo‘rqitib yubordi. Ayiq mashg‘ulotlar o‘tayotgan paytda harbiy qismga kirib borgan. Ko‘rinishicha, askarlar bo‘tqasi ayiqning e'tiborini o‘ziga tortgan.

Ayiq barcha askarlarni qo‘rqitib yuborib, bo‘tqali qozondan tanovul qilgan. Ayiq "tanovul qilib bo‘lgach", askarlar tomonidan shoshilinchda qoldirib ketilgan shaxsiy buyumlarni nimtalab tashlagan. Harbiylarning o‘zlari esa bu vaqtda yuk mashinasida yashirinib o‘tirishgan.

"Odatda ayiq odamlardan qochadi, biroq bu ayiq umuman hech narsadan qo‘rqmasdi", deb aytdi harbiy qism matbuot kotibi Satu Xuyanen. Uning aytishicha, hech kim jabrlanmagan.

Harbiy qism rahbariyati ayiq shaxsiy tarkibga xavf solishi mumkinligiga qaror qilib, bunday vaziyatda o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra, ayiqni o‘ldirishga ruxsat olish uchun politsiyaga murojaat qilgan. Politsiyadagilar odamlarga haqiqatda xavf solinayotganini anglab, bunga rozilik berishgan. Harbiy qismda xizmat qilayotgan tajribali ovchi ayiqni otib tashlagan, deb xabar bermoqda "Iltalexti".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish