Jahon | 06:42 / 07.06.2016
4706
1 daqiqa o‘qiladi

MAGATEda Shimoliy Koreyada plutoniy ishlab chiqarilayotgani alomatlari borligi aytildi

Shimoliy Koreya hukumati ishlatib bo‘lingan yoqilg‘idan plutoniy ishlab chiqarish zavodini yana ishga tushirgan bo‘lishi mumkin, deb ma'lum qilindi Yadroviy energiya bo‘yicha xalqaro yadroviy agentlikda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Yonbendagi uranni boyitish zavodi yana ishlashni boshlagani alomatlari mavjud", deb aytdi MAGATE rasmiy vakili. 

Uning aytishicha, zavodda ishlatib bo‘lingan yadroviy yonilg‘i qayta ishlanib, undan plutoniy olinishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish