Jahon | 12:53 / 07.06.2016
3988
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoy Janubiy Xitoy dengizida yana ikkita mayoq barpo etadi

XXR yil oxirigacha janubiy Xitoy dengizidagi mojaroli orollar: Nansha (Spratli)da yana 2ta mayoq quradi. The Global Times gazetasining xabariga ko‘ra, mayoqlar Meytszi (Mischif) va Yunshu (Feyri kross) orolida barpo etiladi.

Nashrning qayd etishicha, Meytszi oroliga quriladigan inshootning balandligi 60 metrni tashkil etadi. Uning yorug‘liq signali 20 dengiz mili (taxminan 37 km)dan ko‘rinadi. 

"Ular navigatsiya, xususan yaqin oradagi kemalar harakatining xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi", -deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, The Global Times nashrining yozishicha, shu oyda Yunshu orolida zamonaviy shifoxona foydalanishga topshiriladi. 

Xitoy aprel oyida bahsli arxipelagning boshqa bir oroli - Chjubi (Subi) rifida mayoqni qurib bitkazgan edi. XXR transport vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, unda kemalarni avtomatik aniqlash tizimi hamda o‘ta qisqa to‘lqinli radioaloqa uchun baza stansiyalari o‘rnatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish