Jamiyat | 19:11 / 07.06.2016
5830
1 daqiqa o‘qiladi

“Oriyat dono” radioto‘lqinida “Ziyo chashmasi” radiodasturi efirga uzatilishi boshlandi 

“Oriyat dono” radioto‘lqini orqali Toshkent islom universiteti “Ziyo” studiyasi tomonidan Ramazon oyi mobaynida “Ziyo chashmasi” radiodasturi efirga berib uzatilmoqda.

“Ziyo chashmasi” radiodasturining bugungi eshittirishda “Istiqlol shukronasi” mavzusida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘limi boshlig‘i Muhammadbobur Yo‘ldoshev mustaqillikning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni xususida so‘z yuritadi. 

Ushbu dasturni 7 iyun kuni tonggi soat 03:30 da hamda kechgi soat 19:30 da tinglash mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish