Jamiyat | 13:47 / 07.06.2016
9240
2 daqiqa o‘qiladi

Uill Smit va Lennoks Lyuis Muhammad Ali tobutini ko‘tarib boradi

Aktyor Uill Smit va o‘ta og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis afsonaviy bokschi Muhammad Alining dafn marosimida uning tobutini ko‘tarib boruvchilardan bo‘lishadi, deb xabar qiladi Frans-press agentligi. 

Amerikalik aktyor Uill Smit Maykl Manning 2001 yilda suratga olgan "Ali" filmida jahon boks yulduzi rolini ijro etgan. Ushbu filmdan so‘ng Smit Muhammad Ali bilan qalin do‘stona aloqalar o‘rnatgan. Britaniyalik va kanadalik sportchi Lyuis esa so‘nggi 25 yildagi eng nomdor bokschilardan biri hisoblanadi. 

Umuman, Ali bilan vidolashuv marosimida uning tobutini, bokschining yaqinlari va qarindoshlaridan iborat 8 kishi ko‘tarib boradi. Alining tobuti 5 iyun kuni ona shahri Luisvill (Kentukki shtati)ga keltirilgan edi. 10 iyun kuni dafn marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Muhammad Ali 3 iyun, juma kuni 74-yoshida Finiks (Arizona shtati) shifoxonalaridan birida hayotdan ko‘z yumdi. U nafas olish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgach, shifoxonaga yotqizilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish