Jahon | 10:14 / 08.06.2016
3167
2 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama Klintonni praymerizdagi g‘alabasi bilan qutladi

AQSh prezidenti Barak Obama, Nyu Jyersi shtatidagi praymerizdan so‘ng, Amerika prezidentligi uchun Vermont shtatidan nomzod Berni Sanders va sobiq davlat kotibi Hillari Klintonga qo‘ng‘iroq qilgan. 

Prezident Obama Klinton xonim bilan muloqotida, uni demokratlar partiyasidan nomzod sifatida ilgari surish uchun lozim bo‘lgan ovozni to‘plashga erishgani bilan qutlagan. 

Oq uy matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Obama shuningdek, ikkala nomzodni ham, demokratlarga kuch bergan ajoyib saylovoldi kampaniyasini o‘tkazgani bilan olqishlagan. 

Davlat rahbari senator Sanders iltimosiga ko‘ra, uni Oq uyda qabul qiladi hamda "saylovoldi jarayonlarida paydo bo‘lgan va Amerika ishchi oilasi uchun katta ahamiyatga molik muammolar xususida fikr almashadi".

Sobiq birinchi xonim, uni AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasi nomzodi sifatida ilgari surish uchun yetarli ovoz to‘play olgani avval xabar qilingan edi. Endilikda, Demokratlarning 25-28 iyul kunlari Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadigan umummilliy s'yezdida uning nomzodi rasman ilgari suriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish