Jahon | 23:10 / 08.06.2016
5892
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda 1000 MVt lik konsentrlangan quyosh energiyasi zavodi quriladi

Dubay rahbariyati 2020 yilgacha dunyodagi eng katta konsentrlangan quyosh energiyasi zavodi qurmoqchiligini e'lon qildi. Bunday zavodning ishlash prinsipi oddiy quyosh elektr stansiyalarinikidan farq qiladi. Qurilish joyida Kuyoshning osmondagi harakatini kuzatib, uning nurlarini markaziy kollektorga yig‘uvchi maxsus oynalar o‘rnatiladi. Kollektorda issiqlik energiyasi suvga uzatiladi va uni bug‘ga aylantiradi, bug‘ esa o‘z navbatida bug‘ turbinalarini harakatga keltiradi. 

Dubay elektr energiya vazirligi qurilish rejasida 5 ta blok ko‘rsatilganini ma'lum qildi. Ulardan birinchisi xalqaro maslahatchilar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 

Hozirda Dubayda bir kilovatt-soat elektr energiya 15 sentga yaqinni tashkil qiladi, yangi elektr stansiya foydalanishga topshirilgach, narxni 8 sentgacha tushirish rejalashtirilmoqda. Loyihaning aniq qiymati hozircha ma'lum qilinmagan, biroq  5000 MVt lik elektr stansiya qurilishi taxminan 13 mlrd dollarga aylanishi aytilgan. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi atmosferaga chiqariladigan is gazi hajmini yiliga 6,5 mln tonnaga kamaytirishga imkon beradi. 

2013 yilda 2020 yilgacha mamlakatda iste'mol qilinadigan elektr energiyanining 7 foizgachasini qayta tiklanuvchi manbalardan ishlab chiqarishni boshlash rejasi e'lon qilingandi. O‘shanda BAA poytaxtidan janub tomonda 100 MVt lik konsentrlangan quyosh energiyasi zavodi qurilgan. Aynan shunday zavodlarning qurilishi unda kunbo‘yi energiya ishlab chiqarish imkoni borligi bilan shartlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish