Dunyoning eng xavfli va eng xavfsiz mamlakatlari aniqlandi
Vision of Humanity mutaxassislari dunyoning eng xavfli mamlakatlari reytingini tuzishdi. Tadqiqot natijalari tashkilotning rasmiy saytida chop etilgan.
Bugungi kunda dunyoning eng xavfli mamlakati sifatida Suriya qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinni Janubiy Sudan, uchinchi o‘rinni esa Iroq egalladi.
Shuningdek, birinchi o‘ntalikka Afg‘oniston, Pokiston va Ukraina ham kiritildi. 10-o‘rinni Kongo Demokratik Respublikasi egalladi. Undan keyingi 11-o‘rindan Rossiya Federatsiyasi joy oldi.
Eng xavfsiz mamlakat sifatida esa Islandiya tan olindi. Ikkinchi o‘rinda esa Daniya qayd etilgan. Ilk o‘ntalikka Kanada, Chexiya, Avstriya, Shveytsariya va Portugaliya kabi mamlakatlar ham kiritildi.
Tahlil chog‘ida ko‘plab mezonlar - masalan, qo‘shnilar bilan munosabatlar sifati, og‘ir qurol-yarog‘lar soni, harbiy xarajatlar, o‘lim darajasi, siyosiy repressiyalar va siyosiy tartibning barqarorligi hisobga olindi.